|
|
Chinniguldoshlar
oilasi
Caryophyllaceae
|
|
|
|
|
17.
|
Popov
zirchasi
Stiene popovii Schischk.
|
|
Kamyoblik
darajsi 1. Zarafshon
tizmasidagi juda kamyob, endem o`simlik.
Qisqacha
tavsifi.
Balandligi 20-25 sm ga yetadigan sershox va serbarg, ko`p yillik o`t.
Gulpoyasining uzunligi 15-20 sm. Mevasiz poyasining va poyaning pastki
qismidagi barglari ingichka qalami, poyaning yuqorisidagilari
qalami-nashtarsimon. Gullari poyaning uchida 3-7 tadan joylashgan. Guloldi
bargchalari o`tsimon, poyaning yuqori qismida joylashgan barglarga o`xshash.
Kosachasi silindrsimon, uzunligi 13-15 mm. Tojbarglari och pushti rangli.
Ko`sakchasi cho`ziq, uzunligi 10 mm. Aprel-may oylarida gullab, may-iyunda
mevasi yetiladi.
Tarqalishi. Zarofshon tizmasi
(Ko`xi-Surx, Jomqora tog`larida va Taxtaqoracha dovoni)da tarqalgan (Samarqand
viloyati).
O`sish
sharoiti.
Tog`ning pastki qismida va tog` etaklarida shag`alli va ohaktoshli
yonbag`rlarda o`sadi.
Soni. Umumiy soni aniqlanmagan.
Ko`payishi. Urug`idan ko`payadi.
O`simlik soni
va arealining o`zgarish sabablari. Aniqlanmagan.
Madaniylashtirilishi.
Bu haqda
ma'lumotlar yo`q.
Muhofaza
choralari.
Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan.
|
|
|
|
|
18.
|
Tog` zo`rchasi
Silene oreina Schischk
|
|
Kamyoblik
darajasi 2. Zarafshon
tizmasidagi kamyob, endem tur.
Qisqacha tavsifi.
Ko`p yillik, ko`p boshchali (kaudeksli) va ko`p poyali. Bo`yi 10-15 sm
orasidagi o`t. Barglarining uchi cho`zilgan, juda o`tkir, bezchasimon qalin
tuklar bilan qoplangan. Ildiz bo`g`zidagi barglari teskari nashtarsimon,
asosiga qarab ingichkalashib boradi. Poyadagi barglari keng-cho`ziq. Gullari
oq, poyaning uchida, 1 -3 tadan o`rnashgan. Kosachasi gulidan 2-3 marta uzun,
dastlab silindrsimon, keyinroq qo`ng`iroqsimon shaklli. Karpofori tuksiz.
Ko`sagi tuxumsimon. May oylarida gullab, may-iyunda mevasi yetiladi.
Tarqalishi. Zarafshon tizmasida
(Allaprishan, Oqsoy va Ohalik qishloqlari atroflari)da tarqalgan (Samarqand
viloyati).
O`sish
sharoiti.
Toshli, tosh-shag`alli joylarda va qoyalarda o`sadi.
Soni. Tabiatda juda kam uchraydi.
Yakka-yakka holda tarqalgan.
Ko`payishi. Urug`idan ko`payadi.
O`simlik soni
va arealining o`zgarish sabablari. Chorva mollari boqiladigan yerlarda o`simlik juda
katta zarar ko`radi.
Madaniylashtirilishi.
Bu haqda
ma'lumotlar yo`q.
Muhofaza
choralari. Maxsus
muhofaza tadbirlari ishlab chiqilmagan.
|
|
|
|
|
19.
|
O`zbekiston chinniguli
Dianthus uzbekistanicus LJncz.
|
|
Kamyoblik
darajasi 2. Pomir-Oloyning
janubi-g`arbiy qismidagi kamyob, endem o`simlik.
Qisqacha
tavsifi. Bo`yi 40 sm gacha yetadigan ko`p yillik o`t. Poyalari ko`p, oddiy, ba'zan
yuqori qismidan shoxlangan, tuksiz, pastki qismi g`adir-budir, uzunligi 20-35
sm. Barglari ko`kimtir-yashil, o`tkir uchli. Gullari yakka-yakka, asosi qalin
tukli, pushti rangli. Mevasi - ko`sakcha, ko`p urug`li. May oyida gullab,
iyunda mevasi yetiladi.
Tarqalishi. Zarafshon tizmasi
(Taxtaqoracha dovoni, Qizilolma va Tarag`ay qishloqlari atroflari)da va Hisor
tizmasi (Bolta qishloq atrofi)da tarqalgan (Samarqand, Qashqadaryo
viloyatlari).
O`sish
sharoiti.
Tosh-shag`alli joylarda, tosh va ohaktosh siniqlari va yoriqlari orasida
o`sadi.
Soni. Bir gektar yerda 40-100
tagacha tuplardan iborat to`plar hosil qiladi.
Ko`payishi. Urug`dan ko`payadi.
O`simlik soni
va arealining o`zgarish sabablari. Gullari guldastalar uchun yulib olinadi. Chorva
mollari iste'mol qiladi.
Madaniylashtirilishi.
1965 yildan
boshlab O`zbekiston Respublikasi FA Botanika bog`ida o`stiriladi.
Muhofaza
choralari.
Qizil kitobga kiritilgan. Gullarini yulib olish man qilinishi lozim.
Shuningdek, urug`ini yetilib tarqalishi uchun gullagan va mevalagan paytida
chorva mollarini boqishni cheklash tavsiya etiladi.
|
|
|
|
|
20.
|
Qisqa
tojbargli chinnigul
Dianthus brevipetalus Vved.
|
|
Kamyoblik
darajasi 2. Janubi-G`arbiy
Pomir-Oloydagi kamyob, endem o`simlik.
Qisqacha
tavsifi.
Bo`yi 30-35 sm orasidagi ko`p yillik o`t. Poyasi ko`p, tik, ko`pincha asosi
yog`ochlanuvchan. Barglari qalami, eni 2,5 mm ga yetadi. Gullari oq yakka,
poyalarning uchlarida joylashgan. Kosachasi silindrsimon yoki deyarli
silindrsimon. Tojbarglari chuqur o`yilgan, uchi ipsimon yoki ayrisimon. May
oyida gullab, avgustda mevasi yetiladi.
Tarqalishi. Hisor tizmasi (G`ovaksoy,
Sangardak daryolari havzalari)da Turkiston tizmasi (Oyobodon dovoni)da
tarqalgan (Samarqand, Surxondaryo viloyatlari).
O`sish sharoiti. Tog`larning o`rta qismida
mayda zarra jins tuproqli va qoyatoshli yonbag`irlarda o`sadi.
Soni. Kam uchraydi, 5-10 tupdan
iborat to`plar hosil qiladi. Turkiston tog`ining uch yerida umumiy maydoni 2 ga
keladigan joyda o`sishi aniqlangan. Hisor tizmasida esa har biri 1000 tupga
yaqin o`simlikka ega bo`lgan 5 ta joyda borligi ma'lum.
Ko`payishi. Urug`idan ko`payadi.
O`simlik soni
va arealining o`zgarish sabablari. Yosh o`simliklarni chorva mollari yeb, oyoq osti
qilishi tufayli urug` berishi kamayib ketmoqda. Gullari ko`pincha guldastalar
uchun yulib olinadi.
Madaniylashtirilishi.
Bu haqda
ma'lumotlar yo`q.
Muhofaza
choralari.
Qizil kitobga kiritilgan. O`simlik gullagan va mevalagan paytda chorva
mollarini boqishni cheklash va o`rmon xo`jaligi xodimlari xalq orasida
tushuntirish ishlari olib borishlari lozim.
|

© Web-design
Burnashev R.F., 2005
|